Zangiota tumani XTMFMT va TEBga qarashli 14-umumiy o’rta ta’lim maktabining 9-sinf o’quvchilari bilan “XIX-asr o’rtalarida O’rta Osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlarining boshlanishi” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi

 

 

Darsning texnologik xaritasi

 

Mavzu

,,XIX-asr o’rtalarida O’rta Osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlarining boshlanishi”

 

 

Maqsad va

 

 vazifalar

Maqsad:

1.O’quvchilarga XIX-asrda Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoga qilgan yurishlarining sabablari haqida  bilim berish;

2.O’quvchilarga istilochilik yurishlarining bosqichlari va Toshkentning bosib olinishi haqidagi ma’lumotlarni berish;

3.O’quvchilarda Vatanparvarlik  va fidoiylik tuyg’ularini shakllantirish;

Vazifalar:

1.O’quvchilarni darsga qiziqtirish;

2.Bir-birini tushunish va hamkorlikda ishlashni o’rgatish;

3.Erkin fikrlashga chorlash.

O’quv jarayonining mazmuni

1.Rossiya imperiyasi tomonidan istilochilik harakatlarining boshlanishi haqida ma’lumotga ega bo’lish;

2.Rossiya imperiyasi O’rta Osiyoga bosqinchilik harakatlarini boshlash oldidan qanday ishlarni amalga oshirganliklari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish;

O’quv jarayonini amalgam oshirish texnologiyalari

Darsning turi: Noan’anaviy. Guruhlarda ishlash.

Usul: Aqliy hujum, mantiqiy fikrlash, klaster

Shakl: kichik guruhlarda ishlash;

Vosita: darslik, dunyo siyosiy xaritasi, mavzuga oid ko’rgazmali materiallar

Nazorat: test nazorati

Baholash: 5 balla tizim asosida

Kutiladigan natijalar

 

 

O’qituvchi:  mavzuni o’quvchilar tomonidan yaxshi o’zlashtirilishiga erishiladi.O’quvchilarni o’z ustida mustaqil ishlashga o’rgatadi. O’quvchilarni darsga nisbatan qiziqishlarini oshiradi.Jamoa bo’lib bir-birini eshitishga o’rgatadi.

O’quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi ,darsga qiziqishi ortadi. Mustaqil va faol bo’lishga intiladi.Ikkinchi shaxsni tinglashni o’rganadi.

 

Kelgusi rejalar

Ilg’or pedagogic texnalogiyalarni o’zlashtirish, pedagogic mahoratni oshirish. Dars samaradorligini oshirish.

O’quvchilarni Vatanparvar komil inson etib tarbiyalash.

 

                                          

 

                                      Darsning borishi

        

 

                Xonani oldindan guruhlarga mo’ljallab partalarni taxlab qo’yiladi. Ortiqcha vaqt sarflamaslik uchun o’quvchilar eshikdan kirishlari bilan xonliklar nomi ( Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Qo’qon xonligi) yozilgan kartochkalarni olib joylariga o’tirishadi. Shu asosda guruhlarga bo’linishadi.

 

       O’tgan mavzuni so’rash:

       Har bir guruhga  ikkitadan savol beriladi:

  1.Buxoro amirligi guruhiga ,,Buxoro amirligida XIX-asrda ijtimoiy hayot qanday bo’lgan?

  2. ,,Buxoro amirligining etnik tarkibi haqida nimalarni bilasiz?”

       Xiva xonligi guruhiga : 1.,,Xiva xonligida davlat boshqaruvi qanday bo’lgan?”   2. ,,Xiva xonligida qanday soliq turlari mavjud bo’lgan?”

  Qo’qon xonligi guruhiga savol  1. ,,Qo’qon xonligi qaysi sulola tomonidan boshqarilgan?”   2.  ,,Qo’qon xonligida xon davlatni boshqarishda nimalarga asoslangan?”

  Yangi mavzu: XIX-asr o’rtalarida O’rta Osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlarining boshlanishi                        

O’qituvchi tomonidan mavzu bo’limlari o’quvchilarga bo’lib beriladi. Buxoro amirligi guruhiga; ,,Bosib olish uchun tayyorgarlik”, Xiva xonligi guruhiga ,,O’rta Osiyoga qarshi harbiy istilochilik yurushlarining boshlanishi”, Qo’qon xonligiga ,,O’rta Osiyoga qarshi istilochilik yurishi bosqichlari va Toshkentning bosib olinishi” Har bir guruh bo’limlarni o’qib chiqishlari uchun 6-daqiqa vaqt ajratiladi.Har bir guruhdan bir kishi bolim mazmunini  o’quvchilarga ya’ni guruhlarga hikoya qilib beradi                                                                                                               Aqliy hujum: Chor Rossiyasining O’rta Osiyoga bosqinchilik yurushlarini uyushtirishlarining sabablari va ularning maqsadi nima edi? Har bir guruh javobi eshitilib xulosa qilinadi.                                                Rossiya imperiyasida qachondan boshlab O’rta Osiyoga bosqinchilik yurushlarini amalga oshirishni rejalashtirib kelingan edi bir guruh javobi eshitilib xulosa qilinadi.                                                                    Istilochilik yurishlarining bosqichlari 1847-1865yillar, 1865-1868 yillar,  1873-1879 yillar, 1880-1885 yillar. Har bir guruh javobi eshitilib xulosa qilinadi.

 



 O’quvchilarga istilo sabablarini klaster usulida tarmoqlash  vazifasi berilib 3-daqiqa vaqt beriladi. Har bir guruh ishlari olinib solishtirib xulosaqilinadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Quyidagi suratlar orqali o’z fikr mulohazalaringizni bildiring

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O’rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasiga yengilish sabablari nimalarda deb o’ylaysiz? FSMU texnologiyasi orqali fikringizni bayon qiling

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

                                      O’quvchilarni baholash.

                                     

Uyga vazifa: Xonliklar va Rossiya imperiyasining harbiy imkoniyatlarini VEN diagrammasi asosida izohlab belgilab bering.

 

 

Mavzuni o’zlashtirganlik darajasi yuzasidan test sinovi.

 

                            TEST

1.Dastlabki Rossiya ekspeditsiya kim davrida yuborilgan edi?

A.Pyotr I

B.Aleksandr II

S.PyotrII

2.1832-yilda Buxoroga Angliya tomonidan kim yuborilgan?

A.J.Abbot

B.I.Volf

S.A.Byorns

3.O’rta Osiyoning Rossya imperiyasi tomonidan bosib olinishi necha bosqichda amalgam oshirilgan?

A. 3-bosqichda.        B. 4-bosqichda       S. 2-bosqichda

4.Toshkent shahrining darvozalari nechta bo’lgan?

A. 10ta     B.15ta    S. 12ta

5.O’rta Osiyoning Rossya imperiyasi tomonidan bosib olinishining 1-bosqichi nechanci yillarni o’z ichiga oladi?

A. 1847-1865yillar      B. 1865-1868 yillar     S.1868-1878 yillar

6.O’rta Osiyoning Rossya imperiyasi tomonidan bosib olinishining 2-bosqichi nechanci yillarni o’z ichiga oladi?

 A.1865-1868 yillar     B1865-1868 yillar    S.1866-1896 yillar

7.O’rta Osiyoning Rossya imperiyasi tomonidan bosib olinishining 3-bosqichi nechanci yillarni o’z ichiga oladi?

 A.1865-1868 yillar       B. 1873-1879 yillar   S. 1880-1885 yillar.

8.O’rta Osiyoning Rossya imperiyasi tomonidan bosib olinishining 4-bosqichi nechanci yillarni o’z ichiga oladi?

A.1873-1879 yillar  B. 1880-1885 yillar    S.1865-1873 yillar

 

 

 

 

 

                  

                                      JAVOBLAR

 

1.A     2.B    3. B    4.S    5.A   6. A  7.B   8.B

 

 

 

 

                                                                                  

Mavzu: XIX-asr o’rtalarida O’rta Osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlarining boshlanishi

 

 

 

9-sinflar o’rtasida mavzuning o’zlashtirilish darajasi

 

DIAGRAMMASI

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Xalq Ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 14-umumiy o’rta ta’lim maktabining huquq va tarix fanidan tadqiqotchi o’qituvchi Zulfiqorova Azizaning darslarda qo’llagan ilg’or pedagogic texnologiyalar yuzasidan qilgan

 

 

HISOBOTI

           Men 7-9 sinflarda huquq va tarix darslarida quyidagi ilg’or usullardan  keng foydalandim. Bular:

1.Aqliy hujum                                                     10.Hosildor daraxt

2.Klaster                                                              11.Muammoli vaziyat

3.Kungaboqar                                                      12.Jadvallar

4.Bumerang                                                         13.Blits-so’rov         

5.Krassvord                                                         14.Huquqlar shari

6.Bol arilar                                                          15.Mevani uzib ko’r

7.Zinama-zina                                                     16.O’rgimchak to’ri

8.Bahs- munozara                                               17.Uch burchak

9.Ven diagrammasi                                             18.Xatosini top

 

        Yuqoridagi usullarning ko’pchiligi kutilgan natijalarni berdi. Ammo ulat orasida o’quvchilar va o’qituvchiga qiyinchilik va noqulaylik tug’diradiganlari ham bor. Masalan o’rgimchak to’ri usuli sinf xonada anchagina noqulay va o’quvchilarga ham u qadar ma’qul tushmadi. Sabab  ipni xonaning u burchagidan bu burchagiga olib o’tish, uning chalkashib qolishi va o’quvchilar harakatiga xalal berishi bilan unchalik ma’qul kelmaydi.

         7-sinflarda Bol arilar, Zinama-zina, Hosildor daraxt, Mevani uzib ko’r kabi usullar o’quvchilarga juda qiziqarli va yaxshi samara beradi. Bu usullar orqali bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarni ham harakat qilishga hamda barcha o’quvchilarning baholanishiga erishilishini ta’minlaydi.

          8- sinf huquq darslarida esa Klaster, Huquqlar shari, Aqliy hujum, Muammoli vaziyat kabi usullar o’z samarasini berdi va o’quvchilarni ham qiziqtira oldi. Ayniqsa huquqlar shari usuli o’quvchilarda yaxshi o’zlashtiriladi va butun sinf ishtirok etadi.

           9-sinflarda Aqliy hujum, Bahs-munozara, Ven diagrammasi va Blits-so’rov yaxshi natijalar berdi. Tarix darsida davlat yoki hududlar, qirol, shohlar o’rtasidagi tafovut va o’xshash tomonlarini solishtirish uchun  Ven  diagrammasidan foydalanish qulay va yaxshi samara beradi.                                         

 

Zangiota tumani XTMFMT va TEBga qarashli 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi huquq va tarix fanidan tadqiqotchi o’qituvchi Zulfiqorova Aziza Abdukarimovnaning bir soatlik ochiq dars ishlanmasi  

 

 

 

 

SINFI : 9-D

SANASI: 3.10.2011y

MAVZU:XIX-asr o’rtalarida O’rta Osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlarining boshlanishi                                                                   

 

 

       

 

 

        << Orqaga
Hosted by uCoz