Zangiota tumani XTMFMT va TEBga qarashli 14-umumtalim maktabining 8-sinf oquvchilari bilan Zahiriddin Muhammad Bobur- buyuk davlat arbobi va mutafakkir mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi
Mavzu |
Zahiriddin Muhammad Bobur-buyuk davlat arbobi va mutafakkir |
Maqsad va
vazifalar |
Maqsad: 1.Oquvchilarga Boburning hayot faoliyati haqidagi bilimlarni berish: 2.Z.M Boburning davlat boshqaruvi va Samarqand taxti uchun M.Shayboniyxon bilan olib borgan yurushlarini organish: 3.Z.M.Boburning Vatanimiz tarixida tutgan orni haqidagi bilimlarga ega bolish Vazifalar: 1.Oquvchilarni buyuk bobokolonlar ruhiga hurmat ruhida tarbiyalsh: 2.Bir-birini tushunish va hamkorlikda ishlashni orgatish; 3.Erkin fikrlashga chorlash. |
Oquv jarayonining mazmuni |
1.Dunyodagi har bir davlat oziga xos va mos ravishda tarixiga ega ekanligi va avvalo mana shu davlatning kelajagini mustahkamlovchi kuchi tarix ekanligi hamda tarixiy shaxslarning ogitlariga rioya qilish lozimligini uqtirish: 2.Bobur va boburiylar tarixi haqidagi bilimlarga ega bolish; |
Oquv jarayonini amalgam oshirish texnologiyalari |
Darsning turi: Noananaviy. Guruhlarda ishlash. Usul: Siniq chiziq, mantiqiy fikrlash, FSMU texnologiyasi, Shakl: kichik guruhlarda ishlash; Vosita: darslik, mavzuga oid korgazmali materiallar, oq qogoz,qora qalam Nazorat: test nazorati Baholash: 5 balla tizim asosida |
Kutiladigan natijalar
|
Oqituvchi:Oquvchining oqishga bolgan ishtiyoqini oshirish, oz-ozini baholashnining osishi.Oquvchilarni oz ustida mustaqil ishlashga orgatadi.Jamoa bolib bir-birini eshitishga orgatadi. Oquvchi: Yangi bilimlarni egallaydi ,darsga qiziqishi ortadi. Mustaqil va faol bolishga intiladi.Ikkinchi shaxsni tinglashni organadi. |
Kelgusi rejalar |
Ilgor pedagogic texnalogiyalarni ozlashtirish, pedagogic mahoratni oshirish. Dars samaradorligini oshirish. Oquvchilarni Vatanparvar komil inson etib tarbiyalash. |
Darsning borishi: Oqituvchi oquvchilar bilan salomlashib davomad aniqlab olinadi. Bugungi kun yangiliklari haqida oquvchilar bilan suhbat uyushtiriladi.Oquvchilar otirgan joylarida raqamlar asosida guruhlarga bolinib olishadi. 1,2,3,4,5 raqamlari asosida 1-raqamdagilar bir guruh 2-raqamdagilar bir guruh, 3-raqamdagilar bir guruh....shu tariqa guruhlarga bolinib olib, har bir guruh oziga sardor va nom tanlashadi. Har bir guruhga darslikdagi mavzu matnidan bolib beriladi.Yangi mavzuni ozlashtirish uchun siniq chiziq metodidan foydalaniladi. Siniq chiziqmetodi
1. Oquvchilaralohida parchalarga (mantiqiy yoki manoli qismlarga)bolingan oquv materiali ustida ishlash uchun 5-6 kishidan iborat bolgan guruhlarni tashkil etishadi. Masalan: mashhur yozuvchi, tarixiy shaxs, biron arbobning hayot faoliyati mavzusi quyidagi qismlarga bolinishi mumkin: *Hayotining ilk yillari *Birinchi yutuqlari *Hayoti va faoliyatining orta davri *Tarixga bolgan tasiri 2.Guruhning har bir ishtirokchisi oz parchasiga tegishli berilgan oquv materialini oqiydi organib chiqadi. Keyin esa bir masalani organayotgan , lekin har xil guruhlar tarkibida bolgan oquvchilar materialini muhokama qilish va axborot almashish uchun ushbu masala boyicha ekspertlar sifatida uchrashadilar. Bu jarayon ekspertlar uchrashuvi deb ataladi. 3.Ekspertlar organib chiqqan materialda qay bir jihat eng muhim ahamiyatga ega ekanligi ushbu axborotni boshqa oquvchilarga qanday qilib tushuntirish lozimligini hal qiladilar. 4. Muhokamadan song oquvchilar oz guruhlariga qaytadilar va ozlari bilib olgan malumotlarni orgatadilar.Dars materialini ozlashtirib olishning yagona yoli guruhdagi dostlarini diqqat bilan eshitish va daftarga yozib olish. Oqituvchi tomonidan hech qanday harakat qilish talab etilmaydi, chunki, oquvchilar ularning dostlari darsni yaxshi ozlashtirib olishlaridan manfaatdor boadilar: zaif halqa butun guruhning yakuniy bahosiga tasir korsatishi mumkin. 5. Butun mavzu boyicha har bir ishtirokchi alohida va butun komanda bolib hisobot beradi.Oqituvchi har qaysi oquvchini darsning butun materiali boyicha har qaysi savolga javob berishini sorashi mumkin. Yangi mavzu ozlashtirib bolingach oqituvchi darslikdan tashqari malumotlarni berishi lozim:
Shoirlikda shoh, shohlikda shoir Bobur!
Bu mumtoz inson
tariximizning eng murakkab, eng jozibador, eng dramatik siymolaridan biridir.
Dunyoi foniyga kelib, u nisbatan qisqa umr ko'rdi bor yo'g'i qirq yetti yil
hayot kechirdi. Lekin shu suronli umri mobaynida u jahon tarixidan shavkatli
o'rin olib ulgurdi. Umr yo'li boshdan oyoq taqdir imtihonlaridan iborat Z. M.
Bobur o'n to'qqiz yoshida tug'ilgan diyorini mangu tark etib, yigirma besh
yoshida Afg'oniston, Pokiston, Hindiston, Bangladesh mamlakatlarining aksariyat
qismlarini egallagan ulkan saltanatga asos soldi. Ilohiy qalami bilan u olamning
tengsiz adabiy va ilmiy mo'jizalari: «Xatti Boburiy», «Boburnoma», «Mubayyin al-zakot»,
«Muxtasar», «Harb ishi», «Musiqa ilmi» kabi asarlarini yaratishga musharraf
bo'ldi. Z.M. Bobur buyuk davlat arbobi va shoir bolib tariximizda munosib orin
qoldira olgan bobokolonimizdir.
Darsni mustahkamlash uchun:
Z.M.Bobur
Shoh sifatida |
Shaxs sifatida |
Shoir sifatida |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Oquvchilar har biri oz daftariga jadvalni chizib toldiradi
FSMU texnologiyasi
Z.M.Boburning M.Shoyboniyxondan yengilish va oz yurtini tashlab chiqib ketishining sabablarini oz fikringiz orqali izohlang
Uyga vazifa: Z.M. Boburning hayoti va faoliyati yoki Z.M.Boburning tariximizda tutgan orni Z.M.Bobur va boburiylar mavzularida referatlar tayyorlash har bir oquvchi shu uchala mavzudan bittasiga referat tayyorlaydi.
MAVZUNI OZLASHTIRGANLIK DARAJASINI ANIQLASH UCHUN TESTLAR
1.Z.M.Bobur qachon qayerda tugilgan?
A.1494-yil 1-aprel Keshda
B.1483-yil Andijonda
S.1405-yil Hirotda
2. Z.M.Bobur kimning ogli bolgan?
A.A.Temurning
B.Shoyboniyxonning
S.Umarshayx Mirzoning
3. Z.M.Bobur Samarqand taxti uchun kim bilan janglar olib bordi?
A.Shoyboniyxon bilan
B.Chingizxon bilan
S.A.Temur bilan
4. Z.M.Bobur qachon Hindistonni zabt etdi?
A.1503 yil 20-may
B.1526-yil 26-aprelda
S.1530-yil 14-fevralda
5. Z.M.Bobur necha yoshda taxtga otiadi?
A.12-yoshda
B.15 yoshda
S.18-yoshda
6.Bobur ismining manosi
A.Qorqmas
B.Sher
S.Dovyurak
7.Boburiylar Hindistonda necha yil hukmronlik qiadilar
A.332-yil
B.321-yil
S.25-yil
8. Z.M.Bobur qachon vafot etgan
A.1526 yil
B.1541 yil
S1530-yil.
Mavzu yusasidan sinflar kesimida ozlashtirganlik darajasi
Zangiota tumani XTMFMT va TEBga qarashli 14-umumtalim maktabi huquq va tarix fanidan tadqiqotchi oqituvchi Zulfiqorova Aziza Abdukarimovnaning tarix fanidan bir soatlik ochiq dars ishlanmasi
SINFI : 8-v
SANASI: 2.10.2012 yil
MAVZU: Zahirriddin Muhammad Bobur-buyuk davlat arbobi va mutafakkir.