Zangiota tumani XTMFMT va TEBga qarashli 14-umumta’lim maktabining  9-sinf o’quvchilari o’rtasidaKonstitutsiyaning 20 yilligi munosabati bilan o’tkaziladigan “Konstitutsiyamiz –baxtimiz poydevori” nomli ko’rik tanlov

SENARIYSI

      Konistitutsiyaning 20-yilligi munosabati bilan majlislar zali bayramona bezatilgan. Zal to’rida ishtirokchi o’quvchilar tomonidan tayyorlangan Konstitutsiyaga doir bukletlar, devoriy gazetalar o’rin olgan.       

Boshlovchi:  O’zbek elim, nuri diydam qarog’imsan,

                         O’zbek elim, osmonimu tuprog’imsan,

                         Ham  quvonchim, ham bahtimu, firog’imsan,

                         Jonim ichra jonimdursan, O’zbekiston.

                        Har gardingda ajdodlarim  izi qolgan,

                        Bobolarim terlarining tuzi qolgan,

                        Har gardingda momolarim ko’zi qolgan,

                        Jonim ichra jonimdursan,  O’zbekiston.

                        Bobo Shiroq  izlarimi sening izing,

                        To’marisning ko’zlarimi sening ko’zing,

                        Navoiyning so’zlarimi sening so’zing,

                        Jonim ichra jonimdursan, O’zbekiston,

                        Beshigingda allalading dunyolarni,

                        Dunyo ochgan necha-necha daholarni,

                        Bolam deding yuraklari adolarni,

                        Jonim ichra jonimdursan O’zbekiston.

                        Bu dunyoda bor, dardlaring manga bo’lsin,

                        Sochlaringga qo’nar gardlar menga bo’lsin,

                        Dilimdagi   muhabbatlar senga bo’lsin,

                        Jonim ichra-jonimdursan O’zbekiston.

                        Sen o’tmishim,  sen bugunim, kelajagim,

                        Tarixlarda nomi mangu qolajagim,

                        Istiqboli quyosh misli kulajagim,

                        Jonim ichra-jonimdursan O’zbekiston.

      Assalomu alaykum mehri daryo qalbi qaynoq, fidoiy ustozlar, hurmatli mehmonlar, aziz o’quvchilar. Hozirda yurtimiz bo’ylab katta to’y, tantana kezmoqda. Davlatimiz bosh qomusi bo’lmish Konstitutsiyamizning qabul qilinganligining 20 yilligi nishonlashish arafasida. Katta to`yu-tantana munosabati bilan mamlakatimiz bo`ylab keng targ`ibot va tashviqont ishlari olib borilmoqda. Bizning maktabimizda ham bir qancha tadbirlar rejalashtirilgan. Bugun shunday tadbirlarimizdan biri  “Konstitutsiyamiz-baxtimiz poydevori” nomli  ko’rik tanlov bo’lib,   maktabimizning 9 “B” hamda 9 “V”  sinf o’quvchilari o`z bilimlari asosida bellashadilar. Saxnaga 9 “B”  “Yosh huquqshunoslar” guruhi hamda   9 “V”  sinfning “Advokatlar” guruhini taklif etamiz. Guruhlarimiz 4ta shart asosida bellashadilar.

Birinchi shart: Tanishtiruv sharti bo’lib bunda o’quvchilar o’z guruhlarining homi, guruh shiori hamda Konstitutsiya va moddalar haqida ma’lumotlar va Vatan haqida she’r aytishlari mumkin ushbu shart uchun 10-daqiqa vaqt ajratiladi.                           

Ikinchi shartimiz:  Savol-javob sharti bo`lib, ushbu shartda har bir guruh uchun mo’ljallab oldindan savollar tuzib konvertga solib qo’yiladi. Guruh ishtirokchilari bitta konvertni tanlab undagi 5-ta savolga javob beradilar. Savollarga tayyorlanish uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.

Uchinchi shartimiz: Sahna ko`rinish bo`lib. Bunda guruh a`zolari sud yoki tergov jarayonlarini namoyish etishlari lozim. Bu shartga 10 daqiqa vaqt  beriladi.

To`rtinchi shartimiz: Sardorlar belashuvi. Guruh sardorlari o`zaro bellashadilar.

        Ushbu shartlarni baholab borish uchun  sizlarni hakamlar hayati bilan tanishtirib o’tamiz.                                          

1. MIG` va MA fani o`qituvchisi Mirdadayeva S.   - hakamlar hayati raisi:

2. Maktabning  o`quv tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Ubaydullayeva T. – hayat a`zosi.

3. “Tarix” fani o`qituvchisi Aslanova Z – hayat a`zosi.

 Endi navbatni birinchi shartimizga beramiz marhamat

________________________________________________________________________________________________________________________________

              Eng sara qonunlarda, qomusim oftobro’ya,

              Yozilgan tilla harfdan bizning Konstitutsiya!

              Bering bir ahamiyat, jamdir davlat, jamiyat,

              Har modda yuksak niyat, bizning Konstitutsiya!

              Sakkizinchi dekabr doim qilingay qadr,

              Ozod Vatan haqdadir, bizning Konstitutsiya!

            Navbat savol javob shartiga  eslatib o'tamiz  savollarga tayyorlanish uchun 3-daqiqa vaqt beriladi. Guruh sardorlari marhamat savollarni tanlab olishingiz mumkin.     

                        I-konvert savollari

1-Savol:  Jamiyat haqida tushunchangiz.

Javob: Jamiyat bu-muayyan hududda yashovchi,  maqsad va manfaatlariga ko’ra uyushgan kishilar jamoasidir. “Jamiyat”- arabcha so’zdan olingan bo’lib, jamlangan, birlashgan dwgan ma’molarni bildiradi. Bizga qadar 6 ta jamiyat bosib o’tilgan:                                                                                                        1.Ibtidoiy jamiyat                                                                                                       2.Quldorlik jamiyati                                                                                        3.Fiodalizm jamiyati                                                                                        4.Kapitalizm jamiyati                                                                                      5.sotsializm jamiyati                                                                                             6.Demokratik jamiyat                                                                      

2-savol: Davlatning boshqaruv shakllari haqida so’zlang.                           

Javob:  Davlatning boshqaruv shakllari ikki turda Pespublika va monarxiyaga bo’linadi.O’z navbatida Respublika boshqaruv tizimida aralash, Prezidentlik va Konstitutsiaviy boshqaruv shakli farqlanadi monarxiyada esa cheklangan va mutlaq monarxiya shakllari mavjud.                                                       

3-savol: Oliy Majlisning quyi palatasi qanday nomlanadi va uning asosiy faoliyati nimadan iborat?                                                                            

Javob: Oliy Majlisning quyi palatasi qonunchilik palatasi deb nomlanadi va uning asosiy faoliyati Respublika hayotida muhim ahamiyatga ega qonun ishlab chiqishdan iborat.                                                                                     

4-savol:  Qonun qachondan kuchga kirgan hisoblanadi?                             

Javob: Qonun matbuotda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.  

5-savol: Shaxsiy huquqlarni sanab bering.                                                    

Javob: Yashash, bir joydan ikkinchi joyga ko’chish,e’tiqod va vijdon erkinligi shaxsiy daxlsizlik, turar joy daxlsizligi.

                                               II-konvert savollari

1-savol:  Davlatning tuzilish shakllarini ayting                                  Javob:Unitar, federativ va konfederativ

2-savol:Oliy Majlisning yuqori palatasi haqida ma’lumot bering

Javob:Senat deb nomlanadi uning asosiy faliyati qonunchilik palatasi tomonidan chiqarilgan qonunlarning Konstitutsiya va huquqiy hujjatlarga mosligini ko’rib chiqish, tasdiqlashdan iborat

3-savol: Siyosiy huquqlarni sanab bering

Javob:Davlat va jamoat ishlarida ishtirok etish, tinch yo’l bilan namoyish va mitinglar uyushtirish,siyosiy partiyalarga a’zo bo’lish,saylash va saylanish kabilardir.

4-savol:Voyaga yetish yoshi necha yosh qilib belgilangan?

Javob: Konstitutsiyaga binoan 18-yosh qilib belgilangan.

5-savol-Fuqorolik deganda nimani tushunasiz?

Javob:Fuqorolik bu-insonning u yoki bu davlatga mansubligini ifodalab, davlat bilan huquqiy munosabat bog’laydi.

O’zbekiston demokratik huquqiy davlatni qurish va adolatli fuqorolik jamiyatini shakllantirish yo’lidan dadil borib,jahon hamjamiyatida mustahkam o’rin egallamoqda.Barqarorlik va tartib, millatlararo totuvlik va fuqorolar ahilligi tufayli yosh davlatimizishonch va hurmatga sazovor bo’lmoqda.

Mamlakatimizda iqtisodiyot, siyosat,davlat qurilishi huquqiy tizim va jamiyatni  ma’naviy o’zgartirish sohasida keng ko’lamli islohotlar o’tkazilmoqda.O’tkazilayotgan islohotlarning qonuniy zamini yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning huquqiy asoslari izchillik bilan mustahkamlanmoqda va takomillashtirilmoqda.

Vatanimizning rivojlanishi va islohotlarning muaffaqiyati ko’p jihatdan xalqning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyati darajasiga bog’liq.Shaxsning siyosiy faolligi, uning chinakam fuqoroviy munosabati demokratik islohotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir.Bu borada  mamlakatimizda  o’quvchilarning  huquqiy bilim saloxiyatlarini oshirish maqsadida ta`lim tizimiga “Huquqiy bilim asoslari” fani ham kiritilgan. Hyquqiy  madaniyati  shakillangan yoshlar jamiyatimizning rivojlanishiga o`z  xissasisni qo`sha oladi. Bugun ham o`quvchilarimiz o`z huquqiy bilimlarini namoyish etmoqdalar. Endiga navbatni uchinchi shartimizga yani sahna ko`rinishiga beramiz. Eslatib o`taman    guruh  a`zolari   sud yoki tergov jarayonlarini namoyish etib beradilar.   Bu shartimizga 10 daqiqa vaqt  beriladi.     Marxamat__________________________________________________________________________________________________________________________________________

Navbatni hakamlar hayatiga beramiz. Ushbu shart bo`yicha olgan baholarni e`lon qiladilar.  9 “B” sinfining    “Yosh huquqshunoslar” guruhining olgan baholari.  9 “V”  sinfning “Advokatlar” guruhining olgan baholari. 

      Va nihoyat  eng so`ngi hal qiluvchi shartimiz    to’rtinchi shartga beramiz.  Bunda guruh sardorlari o’zaro bellashadilar. Guruh sardorlariga omad tilagan xolda ularni saxnaga taklif qilamiz.

                                                                                                                                                                                                            

O’nta bo’lsa o’rni boshqa uning-chun,

O’g’lim otashimdan yaralgan uchqun.

Qizm parilardan yuzlari gul-gun,

Yuzlari lolam, deb yashaydi o’zbek.

Navbatni hakamlar hayatiga beramiz.

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

                       Bir qo’lda belanchak,bir qo’lda qur’on

                   Bir yelkada ketmon, birida iymon.

                   Barchaga barobar bir oftob simon,

                   Yashnasin olam, deb yashaydi o’zbek.

Kindik qoni tomgan tuproq unga shon,

Kerak bo’lsa so’zsiz berar unga jon.

Ko’krakka urmaydi Vatan, deb Vatan,,

Alpomish o’g’longa o’xshaydi o’zbek.

Ehtirom etganda ehromlari bor

Kekkayganga bo’yin egmaydi zinhor.

Beshik to’la jajji Islomlari bor,

Tosh o’tmas qo’rg’onga o’xshaydi o’zbek.

Ko`rik – tanlovimizmi yakuniy qismini hakamlar hayat raisiga beramiz .

 

    

 

 

 

 

 

 

                        I-konvert savollari

1-Savol:  Jamiyat haqida tushunchangiz.                                                      

2-savol: Davlatning boshqaruv shakllari haqida so’zlang.                                                                                   

3-savol: Oliy Majlisning quyi palatasi qanday nomlanadi va uning asosiy faoliyati nimadan iborat?                                                                                                                                    

4-savol:  Qonun qachondan kuchga kirgan hisoblanadi?                                      

5-savol: Shaxsiy huquqlarni sanab bering.                                                    

 

 

 

 

.

                                               II-konvert savollari

1-savol:  Davlatning tuzilish shakllarini ayting                                 

2-savol:Oliy Majlisning yuqori palatasi haqida ma’lumot bering

3-savol: Siyosiy huquqlarni sanab bering

4-savol:Voyaga yetish yoshi necha yosh qilib belgilangan?

5-savol-Fuqorolik deganda nimani tushunasiz?

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Zangiota tumani XTMFMT va TEBga qarashli 14-umumta’lim maktabining  8-sinf o’quvchilari o’rtasidaKonstitutsiyaning 20 yilligi munosabati bilan o’tkaziladigan “Konstitutsiyamiz –baxtimiz poydevori” nomli viktorina

SENARIYSI

      Konistitutsiyaning 20-yilligi munosabati bilan majlislar zali bayramona bezatilgan. Zal to’rida ishtirokchi o’quvchilar tomonidan tayyorlangan Konstitutsiyaga doir bukletlar, devoriy gazetalar o’rin olgan.

               Eng sara qonunlarda, qomusim oftobro’ya,

               Yozilgan tilla harfdan bizning Konstitutsiya!

               Bering bir ahamiyat, jamdir davlat, jamiyat,

               Har modda yuksak niyat, bizning Konstitutsiya!

               Sakkizinchi dekabr doim qilingay qadr,

               Ozod Vatan haqdadir, bizning Konstitutsiya

Assalomu alaykum mehri daryo qalbi qaynoq, fidoiy ustozlar, hurmatli mehmonlar, aziz o’quvchilar. Hozirda yurtimiz bo’ylab katta to’y, tantana kezmoqda. Davlatimiz bosh qomusi bo’lmish Konstitutsiyamizning qabul qilinganligining 20 yilligi nishonlashish arafasida. Katta to`yu-tantana munosabati bilan mamlakatimiz bo`ylab keng targ`ibot va tashviqont ishlari olib borilmoqda. Bizning maktabimizda ham bir qancha tadbirlar rejalashtirilgan. Bugun shunday tadbirlarimizdan biri  “Konstitutsiyamiz-baxtimiz poydevori” nomli  viktorina bo’lib,   maktabimizning 8 “B” hamda 8“V”  sinf o’quvchilari o`z bilimlari asosida bellashadilar. Saxnaga 8 “B” sinfining “Prokurorlar” guruhi hamda 8 “V” sinfning “Advokatlar” guruhini taklif etamiz. Guruhlarimiz 3-ta shart asosida bellashadilar.

                      Bolaligim hur yo'shligim davru-davronim,
                      Qiblagohga qarab turgan oltin makonim.
                      Otam-Onam kirib kelgan darcham-ravonim,
                      Panohimsan, qanotimsan O'zbekistonim.
                      Alloh nazar qilgan Vatanim o'zing,
                      Bobolardan qolgan bo'stonim o'zing.
                      Sen qalbimsan,sen sevgimsan iymonim,
                      Panohimsan, qanotimsan O'zbekistonim.
                      Vatan nadur? nurayo'tgan devorlar aytsin,
                      Vatan uchun jonin tikkan o'glonlar aytsin.
                      Yiroqlarda yurgan Vatanga zor insonlar aytsin,
                      Panohimsan, qanotimsan O'zbekistonim.
                     Sensiz bo'm bo'sh tebranar umr karvonim,
                     Ufqda qoraydi nomsiz armonim.
                     Panohsiz giyohdek chayqalar jonim,
                     Panohimsan,qanotimsan O'zbekistonim.

 

Birinchi shart: Tanishtiruv sharti bo’lib bunda o’quvchilar o’z guruhlarining homi, guruh shiori hamda Konstitutsiya va moddalar haqida ma’lumotlar va Vatan haqida she’r aytishlari mumkin ushbu shart uchun 10-daqiqa vaqt ajratiladi.

Ikkinchi shart:Viktorina Ushbu shartda har bir guruhga 10 tadan savol beriladi. Savollar oldindan tayyorlanib, konvertga solib qo’yiladi.

                              I-konvert savollari

1.Jamiyat nima?( Bizgacha bosib o’tilgan jamiyatlarni aytib o’ting)

Javob: Jamiyat bu-muayyan hududda yashovchi,  maqsad va manfaatlariga ko’ra uyushgan kishilar jamoasidir. “Jamiyat”- arabcha so’zdan olingan bo’lib, jamlangan, birlashgan dwgan ma’molarni bildiradi. Bizga qadar 6 ta jamiyat bosib o’tilgan:                                                                                                        1.Ibtidoiy jamiyat                                                                                                       2.Quldorlik jamiyati                                                                                        3.Fiodalizm jamiyati                                                                                        4.Kapitalizm jamiyati                                                                                      5.sotsializm jamiyati                                                                                       6.Demokratik jamiyat

2.Huquq nima?

Javob: Huquq bu-davlat tomonidan o’rnatilgan va u tomonidan himoya qilinadigan jamiyat a’zolarining barchasi uchun majburiy kuchga ega bo’lgan hulq –atvor yig’indisidir

3.Davlatning boshqaruv shakllarini ayting

Javob:  Davlatning boshqaruv shakllari ikki turda Pespublika va monarxiyaga bo’linadi.O’z navbatida Respublika boshqaruv tizimida aralash, Prezidentlik va Konstitutsiaviy boshqaruv shakli farqlanadi monarxiyada esa cheklangan va mutlaq monarxiya shakllari mavjud.

4.Siyosiy tartibotning qanday turlarini bilasiz?

Javob: Siyosit tartibot ikki turdan iborat bular demokratik tartibot va nodemokratik tartibot.

 

5.Huquqiy madaniyatli inson deganda qanday shaxslarni tushunasiz?

Javob: Huquqiy madaniyatli shaxs shunday shaxski, u huquqni yaxshi biladi va unga to’liq rioya etadi hamda mamlakatning siyosiy hayotidan doimiy xabardor bo’ladi va faol ishtirok etadi.

6.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8- dekabrda qabul qilingan.

7. O’zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi organi haqida nimalarni bilasiz?

Javob: O’zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi organi Oliy Majlis bo’lib u ikki palatadan iborat quyi palata qonunchilik palatasi deb nomlanadi. Yuqori palata senat palatasi deb nomlanadi.

8.Insonning eng birinchi va bekor qilinmaydigan huquqi

Javob: Insonning eng birinchi va bekor qilinmaydigan huquqi bu- yashash huquqidir.

9. O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i qabul qilingan sana

Javob: 1992-yil 18-noyabr

10.Voyaga yetish yoshi necha yosh qilib belgilangan?

Javob: Voyaga yetish yoshi 18 yosh qilib belgilangan.

                                             II-konvert savollari

1.Davlat nima?

Javob: Davlat bu- majburlov aparatiga ega bo’lgan siyosiy tashkilotdir

2.Davlatning tuzilish shakllarini ayting.

Javob:Unitar, federativ va konfederativ

3.O’zbekiston Respublikasining davlat gerbi qachon qabul qilingan?

Javob: 1992-yil 2-iyul

4.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Necha bob, necha bo’lim va necha moddadan iborat?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6-bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat

5.Necha yoshdan boshlab mehnat qilish mumkin?

Javob: 14-yoshdan boshlab mehnat qilish mumkin faqat ota-onaning yozma roziligi,sog’lig’i haqidagi tibbiy ma’lumotnoma. Haftalik ish soati 24 soatdan oshmasligi lozim. Xodimning o’qishiga halal bermasligi va ta’qiqlangan, og’ir ishlarga jalb etilmaydi.

6.Fuqorolikni tasdiqlovchu hujjat.

Javob: Tug’ilganlik haqidagi guvohnoma va pasport.

7.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8- dekabrda qabul qilingan.

8.Jamiyat so’zi qaysi tildan olingan?

Javob: Jamiyat so’zi arab tilidan olingan.

9. O’zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi organi haqida nimalarni bilasiz?

Javob: O’zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi organi Oliy Majlis bo’lib u ikki palatadan iborat quyi palata qonunchilik palatasi deb nomlanadi. Yuqori palata senat palatasi deb nomlanadi.

10.O’z huquqlaringizni aytib bering.

 

 

 

 

 

 

 

                              I-viktorina  savollari

1.Jamiyat nima?( Bizgacha bosib o’tilgan jamiyatlarni aytib o’ting)

2.Huquq nima?

3.Davlatning boshqaruv shakllarini ayting

4.Siyosiy tartibotning qanday turlarini bilasiz?

5.Huquqiy madaniyatli inson deganda qanday shaxslarni tushunasiz?

6.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?

7. O’zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi organi haqida nimalarni bilasiz?

8.Insonning eng birinchi va bekor qilinmaydigan huquqi

9. O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i qabul qilingan sana

10.Voyaga yetish yoshi necha yosh qilib belgilangan?

 

                                             II-viktorina savollari

1.Davlat nima?

2.Davlatning tuzilish shakllarini ayting.

3.O’zbekiston Respublikasining davlat gerbi qachon qabul qilingan?

4.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Necha bob, necha bo’lim va necha moddadan iborat?

5.Necha yoshdan boshlab mehnat qilish mumkin?

6.Fuqorolikni tasdiqlovchu hujjat.

7.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?

8.Jamiyat so’zi qaysi tildan olingan?

9. O’zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi organi haqida nimalarni bilasiz?

10.O’z huquqlaringizni aytib bering.

 

Zangiota tumani XTMFMT va TEBga qarashli 14-umumta’lim maktabining  8-sinf o’quvchilari o’rtasidaKonstitutsiyaning 20 yilligi munosabati bilan o’tkaziladigan “Konstitutsiyamiz –baxtimiz poydevori” nomli viktorina

SENARIYSI

      Konistitutsiyaning 20-yilligi munosabati bilan majlislar zali bayramona bezatilgan. Zal to’rida ishtirokchi o’quvchilar tomonidan tayyorlangan Konstitutsiyaga doir bukletlar, devoriy gazetalar o’rin olgan.

               Eng sara qonunlarda, qomusim oftobro’ya,

               Yozilgan tilla harfdan bizning Konstitutsiya!

               Bering bir ahamiyat, jamdir davlat, jamiyat,

               Har modda yuksak niyat, bizning Konstitutsiya!

               Sakkizinchi dekabr doim qilingay qadr,

               Ozod Vatan haqdadir, bizning Konstitutsiya

Assalomu alaykum mehri daryo qalbi qaynoq, fidoiy ustozlar, hurmatli mehmonlar, aziz o’quvchilar. Hozirda yurtimiz bo’ylab katta to’y, tantana kezmoqda. Davlatimiz bosh qomusi bo’lmish Konstitutsiyamizning qabul qilinganligining 20 yilligi nishonlashish arafasida. Katta to`yu-tantana munosabati bilan mamlakatimiz bo`ylab keng targ`ibot va tashviqont ishlari olib borilmoqda. Bizning maktabimizda ham bir qancha tadbirlar rejalashtirilgan. Bugun shunday tadbirlarimizdan biri  “Konstitutsiyamiz-baxtimiz poydevori” nomli  viktorina bo’lib,   maktabimizning 8 “B” hamda 8“V”  sinf o’quvchilari o`z bilimlari asosida bellashadilar. Saxnaga 8 “B” sinfining “Prokurorlar” guruhi hamda 8 “V” sinfning “Advokatlar” guruhini taklif etamiz. Guruhlarimiz 3-ta shart asosida bellashadilar.

                      Bolaligim hur yo'shligim davru-davronim,
                      Qiblagohga qarab turgan oltin makonim.
                      Otam-Onam kirib kelgan darcham-ravonim,
                      Panohimsan, qanotimsan O'zbekistonim.
                      Alloh nazar qilgan Vatanim o'zing,
                      Bobolardan qolgan bo'stonim o'zing.
                      Sen qalbimsan,sen sevgimsan iymonim,
                      Panohimsan, qanotimsan O'zbekistonim.
                      Vatan nadur? nurayo'tgan devorlar aytsin,
                      Vatan uchun jonin tikkan o'glonlar aytsin.
                      Yiroqlarda yurgan Vatanga zor insonlar aytsin,
                      Panohimsan, qanotimsan O'zbekistonim.
                     Sensiz bo'm bo'sh tebranar umr karvonim,
                     Ufqda qoraydi nomsiz armonim.
                     Panohsiz giyohdek chayqalar jonim,
                     Panohimsan,qanotimsan O'zbekistonim.

 

Birinchi shart: Tanishtiruv sharti bo’lib bunda o’quvchilar o’z guruhlarining homi, guruh shiori hamda Konstitutsiya va moddalar haqida ma’lumotlar va Vatan haqida she’r aytishlari mumkin ushbu shart uchun 10-daqiqa vaqt ajratiladi.

Ikkinchi shart:Viktorina Ushbu shartda har bir guruhga 10 tadan savol beriladi. Savollar oldindan tayyorlanib, konvertga solib qo’yiladi.

                         O’zbek elim, nuri diydam qarog’imsan,

                         O’zbek elim, osmonimu tuprog’imsan,

                         Ham  quvonchim, ham bahtimu, firog’imsan,

                         Jonim ichra jonimdursan, O’zbekiston.

                        Har gardingda ajdodlarim  izi qolgan,

                        Bobolarim terlarining tuzi qolgan,

                        Har gardingda momolarim ko’zi qolgan,

                        Jonim ichra jonimdursan,  O’zbekiston.

                        Bobo Shiroq  izlarimi sening izing,

                        To’marisning ko’zlarimi sening ko’zing,                                     

                        Navoiyning so’zlarimi sening so’zing,

                        Jonim ichra jonimdursan, O’zbekiston,

                        Beshigingda allalading dunyolarni,

                        Dunyo ochgan necha-necha daholarni,

                        Bolam deding yuraklari adolarni,

                        Jonim ichra jonimdursan O’zbekiston.

                        Bu dunyoda bor, dardlaring manga bo’lsin,

                        Sochlaringga qo’nar gardlar menga bo’lsin,

                        Dilimdagi   muhabbatlar senga bo’lsin,

                        Jonim ichra-jonimdursan O’zbekiston.

                        Sen o’tmishim,  sen bugunim, kelajagim,

                        Tarixlarda nomi mangu qolajagim,

                        Istiqboli quyosh misli kulajagim,

                        Jonim ichra-jonimdursan O’zbekiston.

 

 

Zangiota tumani XTMFMT va TEBga qarashli 14-umumta'lim maktabida ,,Yosh o'quvchi qizlarni milliy an'analarimiz asosida tarbiyalash" yo'nalishi yuzasidan tashkil qilingan

                                                                            

 

                ,,O'zbegim qizlari" 

 

 

 

     Ko'rik tanlovi senariysi

 

 

 

                                                                                                                     Toshkent 2012

 

 

Boshlovchi: Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, tadbir ishtirokchilari. Bugungi ,,Ozbegim qizlari" nomli tadbirimizga xush kelibsiz. Bugungi tadbirimizni o'tqazishdan maqsad yosh o'quvchi qizlarimizni milliy urf-odatlarimiz va an'analarimiz  ruhida tarbiyalash va urf-odatlarimizni yana ham bir yodga olishdir. Kechagi kunimiz va bugungi qizlarimiz orasida nechog'lik farq mavjud ekanligini bugungi kunda barchamiz yaxshi bilamiz. Bugungi kunda qizlarimiz, ayollarimiz jamiyat sohasining turli jabhalarida faoliyat yuritib kelmoqda, aqlli,dono va zukko qizlarimiz ko'p.Ammo ba'zi joylarda og'riqli va nuqsonli tomonlarimiz ham yo'q emas. Shu o'rinda shoirimiz Abdulla Oripovning ushbu she'rini bir eslamoqlikni lozim topdik:

 

                       Yigitlar maktubin bitganda qondan,

                   Kelinlar firoqdan chekkanda yohu,

                   Uning ham panbohi qaytmadi jangdan,

                   O'n to'qqiz yoshida beva qoldi u.

                   Sevgidan yetimu umridan yarim,

                   Qurigan ko'ksida yolg'iz belanchak.

                   Abadiy firoqni, hayhot, do'stlarim,

                   Abadiy visol deb bildi kelinchak.

                   Qaqragan lablarda olovli nafas,

                   Kechalar kechmishin ayladi ko'mir.

                   Parishon sochlari yor ko'ksi emas,

                   Muzdayin bolishda qoldi bir umr.

                   Yillar ham o'tdilar, hamon u yolg'iz,

                   Mung'ayib termular botguchi kunga.

                   Ey nomard tabiat, bormi senda his,

                   Qaytadan baxt bersang bo'lmasmi unga?!

                   Nahot ishq qismati buncha berahm,

                   Bunchalar buyuksan fafo shevasi.

                   Sengadir hurmatim, senga sharafim,

                   Qahramon jangchining sodiq bevasi.

                   Siz-chi ey, sadoqat so'zidan nolib,

                   Nadomat komida qolganlar, ayting.

                   O'zini ming bitta bozordan olib,

                   Ming bitta bozorga solganlar, ayting.

                   Shu cho'lpon ko'zlarning buyuk hurmati,

                   Shu aqiq lablarning rost so'zi deya,

                   So'ylang-chi, vafoning nadir qimmati,

                   Siz ham kutganmisiz biror soniya?!

                   Ba'zida tirnoqlar bezagi uchun

                   Sahardan shomgacha qilursiz toqat.

                   Biroq yoringizni kutgali nechun

                   Topilmas tirnoqcha sabru qanoat.

                   Nazokat paytimas yaqinroq keeling,

                   Shu sodiq bevaga aylang ehtirom.

                   Hatto zeb-ziynatni yulqib ziyoda,

                   Haykal ham qo'yingiz bamisli xayol.

                   Shundaylar bo'lmasa agar dunyoda,

                   Bu qadar muhtaram bo'lmasdi AYOL.

 

         Endi sizlarni bugungi tadbirimiz shartlari bilan tanishtirib o'tamiz.

        

                   1.Tanishtiruv

                   2.Sabzi to'g'rash

                   3.Kelin salom

                   4.Milliy an'analarimiz haqida savollar

                   5.Erkin mavzu (Ashula, raqs, sahna ko'rinishi)

         Tanishtiruv sharti uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi. Bunda ishtirokchilar o'z guruhlari bilan birgalikda chiqishlari lozim. Har bir guruh ishtirokchilari ning chiqishlari ha'yat a'zolari tomonidan 5 ballik tizimda baholanadi.                         Sabzi to'g'rash shartida  har bir guruhdan 1 tadan qiz ishtirok etib, bu shartda 5 daqiqa vaqt beriladi. Bunda hay'at a'zolari vaqt va sifatni inobatga olishlari lozim.       Bu shartda ham 5 ballik tizimda baholanadi.                                               Kelin salom shartida milliylikdan kelib chiqqan holda yondoshiladi va har bir guruh chiqishi 10 daqiqadan oshmasligi lozim.                                                     4 shartda milliy an'analardan savollar oldindan tayyorlanib konvertlarga solib qo'yiladi savollarga guruh bo'lib javob beriladi, savollarga tayyorlanish uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.                                                                                             So'nggi 5 shartda ham milliylikdan chiqmagan holda yondashilishi lozim. Bu shartda ham 5 ballik tizimda baholanadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                                       

 
Hosted by uCoz